logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!Soat: 09:59
KirishA'zo bo'lish
Ronaldu: «Bu biz istagan natija emas»

15 SENTYABR, 06:45 4

.

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turi doirasida bo'lib o'tgan «Yang Boyz»ga qarshi o'yin (1:2) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

«Bu biz istagan natija emas. Endi esa tiklanish haqida o'ylab, keyingi o'yinga e'tiborni qaratish lozim», — deya yozdi Ronaldu tvitter orqali.

Ronaldu «Yang Boyz»ga qarshi bahsda «MYu»ning yagona goliga mualliflik qildi. Portugaliyalik futbolchi 72-daqiqada zaxiraga olingan bo'lsa, uning o'rniga maydonga tushgan Jessi Lingard o'yin so'ngida qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Buning oqibatida «Yang Boyz» g'alabani ilib ketdi.

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR