Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:28
KirishA'zo bo'lish
AFA Sautgeyt bilan shartnomani uzaytirmoqchi

 8 SENTYABR, 18:25 3

.

Angliya futbol assotsiatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt bilan shartnomani uzaytirmoqchi, deb xabar beradi Sky Sports nashri. Manbaga ko'ra, tomonlar muzokara jarayonini noyabr oyida boshlash niyatida.

Avvalroq, Garet Sautgeyt 2022 yilgi jahon chempionatigacha Angliya terma jamoasi murabbiyligida qolishi ma'lum bo'lgan edi. AFA ingliz mutaxassisining o'yinlaridan mamnun va kelasi yili Jahon chempionati finaliga chiqishni ko'zlaydigan yosh jamoa tuzishga qat'iy qaror qilgan mutaxassisni jamoada olib qolmoqchi.

Eslatib o'tamiz, I guruh 5 -tur uchrashuvida Angliya terma jamoasi Andorraga
qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv mezbonlarning 4:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Angliya ketma-ket beshinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Inglizlar 15 ochko to'plab, guruhdagi etakchiligini mustahkamladi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR