logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!Soat: 10:27
KirishA'zo bo'lish
Zohid Karimov translyatsiyadagi muammolar tufayli muxlislarga yuzlandi

15 SENTYABR, 19:10 4

.

Zohid Karimov "Sport" telekanali direktori:

Assalomu alaykum! Bir muddat avval biz MTRK qator nufuzli futbol musobaqalarining O'zbekiston hududida translyatsiya huquqini olgani haqida xabar bergan edik. Italiya chempionati va EChL, EL, KL, YoL, Futzal bo'yicha jahon chempionati va hokazo. Musobqalar boshlandi, yaxshi niyat bilan ularni katta hajmda ko'rsatish maqsadida ishimizni rejalashtirdik. Barcha jalb etilgan ijodiy texnik xodimlar shay holatda edi. Afsuski, bizga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra boshlanishi yaxshi chiqmadi. Interferentsiya (fizika) bir vaqtning o'zida qabul qilinayotgan 10 dan ortiq signal, demodulyator (uskuna)lar uchun avval berilgan format uzatuvchi tomonidan ogohlantirishsiz o'zgartirilgani…, xullas bizlar uchun yaxshi dars bo'ldi. O'yinlar sonini birdaniga emas, sekinlik bilan ko'paytirsak bo'lar ekan, ammo biz hammaga yoqish uchun shoshdik, hovliqdik. Birinchi urinish ko'ngildagidek, biz istagandek chiqmadi, buning uchun barchadan uzr so'raymiz. Shu bilan birga, biz to'xtamasligimizni, yanada harakat qilib, rejalarimizni amalga oshirishi yo'lida albatta mehnat qilishimizni ham aytib o'tmoqchi edik. Nasib qilsa 2-turgacha kamchiliklarni bartaraf etamiz.

Mehnatimizni kimdir tanqid qilishi, yana kimdir jamoamizga ishonchsizlik bildirishi tabiiy, biroq intilishlarimizni qo'llaydiganlar va bizning ishimizga xayrixoh bo'ladiganlar ko'pligini ham bilamiz. Barchamizga omad!

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR