logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!Soat: 10:07
KirishA'zo bo'lish
«Manchester Siti» Keyn o'rniga Ispaniya terma jamoasi futbolchisini sotib olmoqchi

15 SENTYABR, 18:45 5

.

«Manchester Siti» kelasi yoz 29 yoshga to'ladigan «Tottenxem» hujumchisi Xarri Keynni sotib olishdan fikridan voz kechishi mumkin. Angliya chempioni o'z rejalarinii o'zgartirishga tayyor va Harri o'rniga «Real Sosedad» va Ispaniya terma jamoasining hujumkor yarimhimoyachi Mikel Oyarsabal bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda.

Eurosport nashri xabariga ko'ra, «shaharliklar» 24 yoshli ispan qanot yarimhimoyachisi klubning etakchi futbolchisi bo'lishi mumkinligiga ishonadi, chunki u nafaqat qanotda, balki hujum markazida ham o'ynay oladi.

Oyarsabal faoliyati davomida «Real Sosedad» safida 243 o'yin o'tkazib, 68 gol va 45 golli uzatmani amalga oshirgan.

Mikelning amaldagi shartnomasi 2024 yilda tugaydi va uning transferi 70 million evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR