logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!Soat: 09:57
KirishA'zo bo'lish
Superliga. «Metallurg» o'yin so'ngida 2ta gol urib, uzoq kutilgan g'alabaga erishdi

15 SENTYABR, 18:35 3

.

Ketma-ket mag'lubiyatlar girdobiga tushib qolgan “Metallurg” safarda “Andijon”ni taslim etdi. Olti ochkolik uchrashuvda bekobodliklar iroda ko'rsatishdi.

Bevosita o'yin tafsilotlariga to'xtaladigan bo'lsak, o'yin juda og'ir kechdi. Ham jismonan, ham ruhan tushkunlikka tushib qolgan “Metallurg”da kadrlar muammosi ham yuzaga qalqib chiqdi. Ibrohim Ibragimov, Zohid Abdullaev, Aleksandr Lobanov singari etakchi o'yinchilar jarohat bois maydonga tusha olishmadi. Shunga qaramasdan Jasur Abduraimov boshchiligidagi murabbiylar shtabi qiyin vaziyatda to'g'ri taktika tanlay olishdi. Yosh va tajribali o'yinchilar uyg'unligida tanlangan tarkib ishonchni oqladi. Butun o'yin davomida himoyada hushyor harakat qilgan bekobodliklar hujum chizig'ida ham etarlicha vaziyatlar yaratishdi.

Birinchi taymda jamoalar o'z darvozalari dahlsizligini saqlab qolishdi. Ikkinchi taymda esa birinchi golli vaziyatdan “Metallurg” foydalana olmadi. Salamat Quttiboev bo'sh qolgan darvozaga to'pni kirita olmadi. Futbolning o'zgarmas qoidasi, sen gol urmasang, senga urishadi, degan aqida yana bir bor isbotini topdi. Usmonali Ismonaliev uchrashuv tugashiga 15 daqiqa qolganda hisobni ochdi.

Nihoyatda qiyin vaziyatga tushib qolgan mehmonlar o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi. Tseytnotda ikkita betakror hujum amalga oshirildi. Avvaliga Damir Temirov olis masofadan superzarba bilan hisobni tenglashtirgan bo'lsa, so'nggi daqiqada zaxiradan maydonga tushirilgan Ivan Nagaev g'alaba to'pini kiritishga erishdi.

Kubok bahsi bilan qo'shib hisoblaganda ketma-ket etti mag'lubiyatdan keyin “Metallurg” yana g'alaba qozondi. Bu yutuq jamoaning musobaqa jadvalidagi mavqeini ancha mustahkamladi. "Andijon" esa 13 ochko bilan 13-pog'onada qoldi.

Coca-Cola Superliga. 18-tur
15 sentyabr, chorshanba
ANDIJON – METALLURG – 1:2 (0:0).
Gol: U.Ismonaliev (73), D.Temirov (86),  I.Nagaev (89).
"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 2.Sardorbek Xursanov, 3.Azamat Isroilov (11.Abdulxay Ismoilov, 74), 4.Usmonali Ismonaliev, 5.Abduvohid G'ulomov, 7.Sherzod G'ulomjonov (70.Diyorbek Rahimqulov, 46), 8.Baxtiyorjon Qosimov, 9. Pavel Zabelin, 14.Vasiliy Sovpel (10.Vladislav Vasilev, 46), 18.Abdug'ani Kamolov, 49.Plamen Dimov (s).
Zaxira: 32.Javohir Qilichev, 6. Ibrohim Otaxonov, 17.Farhodjon Sohibjonov, 20.Izzatilla Abdulhaqov, 26.Muhammadkarim Toirov, 77.Xurshidbek Ubaydullaev.
"Metallurg": 1.Akmal Tursunboev, 4.Odilbek Abdumajidov, 7.Ruslan Roziev (90. Abdurahmon Abdulhaqov. 75), 8.Salamat Quttiboev, 10.Shahzodbek Nurmatov (48.Dilshod Rahmatullaev, 89), 22.Shahzodbek G'ofurbekov, 28.Stanislav Andreev, 55.Akbar Ismatullaev (s), 70.Muhammad Isaev (11.Ivan Nagaev, 75), 80.Farrux Ibrohimov, 98.Damir Temirov (79.Bobur Davlatov, 89).
Zaxira: 99. Vladimir Vagin, 25.Shahzodbek Ne'matjonov, 36.Abror Sarimsoqov.
Ogohlantirishlar: Farrux Ibrohimov (56), A.Ismoilov (90).
Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Artyom Kalinin, Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Ismatullaev
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Aleksandr Davidenko

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR