logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!Soat: 09:38
KirishA'zo bo'lish
«Bavariya»dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin, «Barsa» prezidenti Kuman bilan uchrashdi

15 SENTYABR, 17:40 8

.

«Bavariya»dan o'z maydonida uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:3), Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman klub prezidenti Joan Laporta bilan uchrashuvga chaqirildi.

El Chiringuito nashri xabariga ko'ra, yig'ilishda nafaqat prezident va murabbiy, balki shtab xodimlari va kataloniyaliklarning bir necha etakchilari ham qatnashgan.

Manbaning ta'kidlashicha, uchrashuv juda keskin muhitda o'tgan. Shu bilan birga, Kumanning iste'fosi haqida hech qanday gap muhokama qilinmagan va uchrashuvdagi gaplar hozircha ochiqlanmagan. Ma'lum bo'lishicha, «Barsa» niderlandiyalikni ishdan bo'shatishni maqsad qilmayapti.

Eslatib o'tamiz, «Barselona» «Bavariya»ga ketma-ket uchinchi uchrashuvda ham mag'lub bo'ldi.

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR