logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!Soat: 09:05
KirishA'zo bo'lish
Fernandino Ronalduning «Manchester Siti»ga o'tmagani haqida: «Hayot davom etadi»

15 SENTYABR, 17:20 13

.

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Fernandino portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning «shaharliklar» safiga o'tmaganligi haqida fikr bildirdi. Avgust oyida 36 yoshli hujumchi «Siti»ga o'tishga yaqin turgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Manchester Siti»da Krishtianu Ronalduni sotib olish uchun ajoyib imkoniyat bor edi. Uning agenti bazaga futbolchilarimiz Ederson, Ruben Diashning klub bilan yangi shartnoma imzolayotgani sabab kelgan edi. Albatta, har qanday o'yinchi muzokara stolida muhokama qilinishi mumkin. Menimcha, Ronalduning «Yuventus»dan ketish xohishi sabab, «Siti»ga o'tish imkoniyatini oshirgandi. Bu holat nafaqat muxlislarga, balki klub ichidagi muhitga ham ta'sir qilgani ajablanarli emas. Oxir-oqibat, hech narsa sodir bo'lmadi. Ronaldu «Siti» bilan shartnoma imzolamadi va Manchester shaharining boshqa jamoasi «Yunayted» yo'l oldi. Hayot davom etmoqda»,- deya futbolchining so'zlarini keltiradi ESPN nashri.

Ronaldu «Manchester Yunayted» safiga qaytganidan so'ng, birinchi o'yinida dubl qayd etdi. Ole-Gunnar Sulsher jamoasi Angliya Premer-ligasining 4-turida «Nyukasl Yunayted»ni 4: 1 hisobida mag'lub etdi.

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR