logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:48
KirishA'zo bo'lish
Kepa: "Yaqingacha "Chelsi"ning eng qimmat futbolchisi edim"

 8 SENTYABR, 17:55 3

.

"Chelsi" darvozaboni Kep Arrisabalaga London klubining qimmat transferlar haqida gapirdi.


"Bu haqiqat. Kay (Haverts) va men yaqin kungacha "Chelsi"ga kelgan eng qimmat futbolchilar edik, biroq hozir Lukaku mazkur ro'yxatda etakchi.

Futbolchilarning narxi hozirda juda. Lekin, men bunga unchalik e'tibor bermayman. Sababi, men o'z ishimni qilyapman - jamoamga yordam berish uchun qo'limdan kelganicha harakat qilaman. Bu bilan menda muammo yo'q", - deya Kepaning so'zlarini keltiradi Marca nashri.
Eslatib o'tamiz,

26 yoshli ispaniyalik kiper 2018 yilda "Atletik"dan
"Chelsi"ga 80 million evro evaziga o'tgandi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. Futbolchining hozirgi transfer qiymati 13 million evroni tashkil qiladi. Shu yilning avgust oyida belgiyalik futbolchi Romelu Lukaku "Chelsi"ga "Inter"dan 115 million evroga o'tdi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR