logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:48
KirishA'zo bo'lish
Keyn bir shart evaziga «Tottenxem» bilan yangi shartnoma imzolaydi

 15 SENTYABR, 16:30 11

.

Harri Keyn yozgi transfer oynasida «shporlar» safini tark etishi mumkin, biroq «Tottenxem» prezidenti Daniel Levi angliyalik futbolchini sotishni istamadi va hujumchi jamoada qoldi. Endi Keyn bitta shart evaziga London klubi bilan mehnat shartnomasini uzaytirish variantini ko'rib chiqishga tayyor. 28 yoshli futbolchi agarda, klub uni boshqa jamoaga sotsa, yangi shartnomada keltirilgan tovon pulidan ma'lum miqdordagi summani olishni istamoqda, deb xabar beradi Eurosport nashri.  

Daniel Levi futbolchining taklifiga aniq javob bermagan, lekin Harri Keynning talabini qondirish ehtimoli yuqori.

Eslatib o'tamiz, Harri Keynning «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha tuzilgan.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR