Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:21
KirishA'zo bo'lish
«Barselona» Rodrigo transferini amalga oshirmoqchi

 15 SENTYABR, 16:15 14

.

«Lids»ning ispaniyalik hujumchi Ridrigo yozgi transferlar vaqtida vataniga qaytishi mumkin edi. Sky Sports nashri xabariga ko'ra, Kataloniyaning «Barselona» klubi 30 yoshli futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirgan.

Manbaning ta'kidlashicha, tomonlar muzokaralar olib borishgan, biroq kelishuv amalga oshmagan. Transferning to'xtab qolish sabablari ochiqlanmagan.

Tumanli Albionga o'tishdan oldin Rodrigo uzoq vaqt davomida «Valensiya»da o'ynagan.

Angliya chempionatining yangi mavsumida hujumchi uchta uchrashuv o'tkazgan, lekin birorta ham samarali harakat amalga oshirmagan. Uning Angliya klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR