Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:13
KirishA'zo bo'lish
«Arsenal» «Manchester Yunayted» futbolchisi uchun 30 million evro to'lamoqchi

 15 SENTYABR, 16:10 10

.

«Manchester Yunayted» da o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan gollandiyalik yarimhimoyachi Donni van de Bek faoliyatini Angliyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

Goal.com nashri xabariga ko'ra, Londonning «Arsenal» klubi futbolchiga qiziqish bildirmoqda. «Kanonirlar» qishki transfer oynasida «qizil iblislar» bilan muzokaralarga kirishishi kutilmoqda. London klubi van de Bekni sotib olish uchun taxminan 30 million evro ajratishga tayyor.

Gollandiyalik futbolchi o'tgan yil sentyabr oyida «Manchester Yunayted»ga o'tgandi. Tomonlar besh yillik shartnoma imzolagan. Transfermarkt portali yarimhimoyachining narxi 30 mln evroga baholagan.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR