logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:11
KirishA'zo bo'lish
"Barselona" 24 yillik antirekordni qayd etdi

 15 SENTYABR, 12:10 9

.

Ispaniyaning "Barselona" klubi Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi dastlabki o'yinini 24 yil ichida birinchi marta yutqazdi. Evropaning eng nufuzli turnirining guruh bosqichi 1-tur uchrashuvida Ronald Kuman shogirdlari o'z uyida "Bavariya"ga yirik 3:0 hisobida yutqazdi.
 Oxirgi marta bunday holat 1997/1998 yilgi mavsumda sodir bo'lgan, o'shanda kataloniyaliklar safarda "Nyukasl Yunayted"ga 2:3 hisobida yutqazishgandi.

"Bavariya" bilan uchrashuvdan so'ng, "ko'k-anorranglilar" hech qanday ochko olmagan holda, E guruhida oxirgi o'rindan o'rin olgan. E kvartetining parallel o'yinida Kievning "Dinamo"si "Benfika" bilan durang o'ynadi (0:0).

Guruh bosqichining navbatdagi o'yinida "Barselona"  Portugaliyaning "Benfika" klubi bilan o'ynaydi. Uchrashuv 29 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR