logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:54
KirishA'zo bo'lish
EChL. Bugungi markaziy uchrashuvlardan biri - «Inter» va «Real» klublari o'rtasidagi bahs uchun prevyu

 15 SENTYABR, 11:45 11

.

Bugun Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan yana bir markaziy uchrashuv - «Inter» hamda «Real» jamoalari o'rtasidagi bahs o'tkaziladi.

Oldingi uchrashuvlar

Jamoalar shu paytga qadar EChL nomi bilan atalganidan beri o'zaro 4 marotaba to'qnash kelishgan. Shulardan uchtasida madridliklar ustun kelishgan va bir o'yin Milan klubi g'alaba qozongan. To'plar nisbati: 8-5, «Real» foydasiga. Ilk bor tomonlar 1998/99 yilgi mavsum guruh bosqichida to'qnash kelishgan hamda Yerro, Zeydorf singari futbolchilarning gollari "qirollik klubi"ga g'alabani taqdim etgandi. O'sha mavsum guruh bosqichining ikkinchi uchrashuvida esa «Inter» revansh olishga erishgandi - 3:1. Gollarga Zamorano, Badjo (dubl) mualliflik qilishgan. Zeydorf o'sha bahsda ham tabloga o'z nomini yozdirib qo'ygandi.

Yana ikki o'yin o'tgan mavsum guruh bosqichida bo'lib o'tgandi. Ikkala o'yinda ham «qaymoqranglilar» hisobni o'z foydalariga hal qilishgan — 3:2 (uyda), 2:0 (safarda).

«Inter» Chempionlar Ligasi g'olibligini (2010) qo'lga kiritgan oxirgi Italiya klubi bo'lib turibdi. Jamoa o'shanda Evrokuboklardagi uchinchi, so'nggi 45 yilda birinchi sovrinini qo'lga kiritgandi.

Bu «Inter»ning Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 15 marta ishtirok etishi. Jamoa qatorasiga to'rtinchi mavsum EChLda qatnashmoqda. Bunga qadar 6 yil davomida (2011/12 - 2018/19) musobaqada ishtirok etmagan.

«Inter» EChLda oxirgi 3 mavsumda guruhda qolib ketgan. O'tgan mavsum Antonio Konte boshqaruvidagi «neradzurrilar» 6 uchrashuvdan bittasida g'alaba qozongan va 6 ochko bilan guruhda so'nggi o'rinni egallagandi.

«Real» Chempionlar Ligasida oxirgi 5 mavsum guruh bosqichini ikkinchi o'rin bilan tugatdi.

O'tgan mavsum Zidan boshqaruvidagi jamoa guruh bosqichida «Shaxtyor»ga ikki marta mag'lub bo'lgan bo'lsa ham (2:3, 0:2), 10 ochko to'plagan holda o'z guruhida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Daniel Shibert (Germaniya)

Qanot hakamlari: Rafael Foltin, Kristian Gittelmen (Germaniya)

To'rtinchi hakami: Daniel Shlyager (Germaniya)

VAR: Marko Fritz (Germaniya)

VAR yordamchisi: Harm Osmers (Germaniya)

 

«Inter»dagi yo'qotishlar

Italiya klubi tarkibida deyarli yo'qotish yo'q. Birgina Stefano Sensi jarohati bois maydonga tusha olmaydi. Kristian Eriksen esa, uning holatini yaxshi bilasiz.

Alessandro Bastoni to'piq jarohatidan tuzalib safga qaytdi. Shuningdek, Lautaro Martines va Xoakin Korrea xalqaro o'yinlardan so'ng Edin Jeko uchun tandem hosil qilishga tayyor.

 

«Real»ning yo'qotishlari

Madridliklar safida yo'qotishlar bisyor. Chap qanot himoyachilari Ferlan Mendi va Marselo, yarim himoyachilar Dani Sebalyos va Toni Kroos hamda Garet Beyl jarohatlari bois «Inter» bilan o'yinni o'tkazib yuborishadi. David Alaba esa safga qaytdi.

 


Taxminiy tarkiblar

Inter - Xandanovich, de Vray, Shkrinyar, Dimarko, Darmian, Perishich, Brozovich, Chalxano'glu, Barella, Martines, Jeko

Real - Kurtua, Karvaxal, Militao, Alaba, Gutieres, Kazemiro, Valverde, Modrich, Vinisius, Benzema, Azar.

 

Raqamlar

«Real» barcha musobaqalarda «Inter»ga qarshi oxirgi 3 uchrashuvning barchasida ham birinchi bo'lim, ham to'liq o'yinda g'alaba qozongan.

«Real»ning Chempionlar Ligasidagi so'nggi 3 bahsida o'rtacha 2,5 va undan kamroq gol kiritilgan.

«Real» EChLda «Inter»ga qarshi oxirgi 3 uchrashuvda kamida ikkitadan gol urishga erishgan.

 

Eslatib o'tamiz, «Inter» - «Real» bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR