Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:40
KirishA'zo bo'lish
EChL. Gvardiola va Rodri bugungi bahs oldidan matbuot anjumanida qatnashishdi

 15 SENTYABR, 10:25 8

.

"Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola Evropa Chempionlar Ligasi-2021/22 guruh bosqichi 1-turi doirasidagi «Leyptsig»ga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida qatnashdi va o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Mutaxassis qiyin mag'lubiyatlar va davrlar jamoani yuksalishiga xizmat qiladimi degan savolga "ha albatta" deya javob berdi. O'yinchilarning o'z his-tuyg'ulari va ruhiyatlari mavjud. Maqsad qilingan natijaga erisha olmaslik ularning ahvoli yomonlashishiga olib keladi. Bu yana bir marta urinib ko'rish uchun yangi chaqiruv.

Bu yigitlar oxirgi 4 mavsumda uch bor APLda chempion bo'lishdi va biz har doim yanada yaxshilana olamiz degan hissiyotlarga egamiz. Bu biz xohlayotgan narsa, ammo buni ko'plab jamoalar ham istashadi. Bu ko'p narsalarga bog'liq bo'ladi.

«Siti» o'tgan mavsum birinchi marta Chempionlar Ligasiga chiqqanidan so'ng, ko'plab mutaxassislar bu mavsumda ham bizdan ushbu musobaqada yanada yaxshiroq natija kutishmoqda", — dedi Gvardiola.

Shunga qaramay, xuddi Rodri singari Gvardiola ham oldinda turgan «Leyptsig»ga qarshi uchrashuvdan boshqa narsaga e'tibor qaratishdan bosh tortmoqda.

Germaniyalik raqibdan tashqari PSJ va «Bryugge» kabi jamoalardan tashkil topgan guruhdan joy olgani va birinchi uchrashuvdagi g'alaba muhimligini kataloniyalik mutaxassis ta'kidlab o'tdi.


"Manchester Siti" xavbeki Rodri ham matbuot anjumanida qatnashdi. Futbolchi unga berilgan: "O'tgan mavsumda yakunlanmay qolgan qandaydir tuyg'u bormi?" savolga shunday javob berdi: Yana bir marta finalga chiqish uchun hoziroq ro'yxatdan o'tgan bo'lardim. Bu qiyin. Bu holatga tushish uchun juda am ko'p harakat qilish kerak. Ammo, juda uzoqqa qarab yuborish ham yaxshi emas. Qiyin guruhdamiz, «Leyptsig»ga qarshi to'qnash kelmoqdamiz. Bu endi birinchi qadam.

"Final haqida ko'p ham o'ylamasligimiz kerak. Bosqichma-bosqich borishimiz lozim. Birinchi guruhdan o'tamiz, keyin ko'ramiz.

Chempionlar Ligasi shunday murakkabki, har qanday jamoa sizni musobaqadan chiqarib yuborishi mumkin. Bu musobaqaning va futbolning haqiqati. Ertaga biz juda juda yaxshi o'yinchilarga ega va o'z uslubida o'yin namoyish etadigan «Leyptsig»ga qarshi to'qnash kelamiz. Ular hamma jamoa bilan raqobatlasha oladi. Juda og'ir guruhdamiz - biz har doimgidek darajada o'yin ko'rsatamiz va intilamiz", — dedi Rodri.


Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR