logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:57
KirishA'zo bo'lish
"Tottenxem" futbolchisi turk klubiga o'tishi mumkin

 8 SENTYABR, 17:25 4

.

8 sentyabr Turkiyadagi yozgi-kuzgi transfer davrining oxirgi kuni, shuning uchun bu mamlakat klublari bir qancha transferlarni amalga oshirishga harakat qilmoqda.  

Bir qancha manbalarda aytilishicha, "Fenerbaxche" Londonning "Tottenxem" klubi yarimhimoyachisi Rayan Sessenonni ijaraga olish harakat qilishmoqda.

Klub bosh murabbiyi Vitor Pereyra shaxsan Transfermarkt portali 18 million evroga baholangan ingliz futbolchisining vaqtinchalik transferi bo'yicha shartnoma
imzolashdan manfaatdor.

O'tgan mavsumda 21 yoshli Sessenon Germaniyaning "Xoffenxaym" klubida ijarada o'ynab, 29 o'yinda ikkita gol va uchta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning "shporlar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha tuzilgan. Aynan shu sababdan, "Tottenxem" uni turli klublarga ijaraga berishga tayyor, chunki futbolchining holati boshlang'ich tarkibdan joy olish uchunetarli darajada emas deb hisoblanmoqda.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR