logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:04
KirishA'zo bo'lish
OChL. Masharipov to'liq harakat qilgan o'yinda «An-Nassr» g'alaba qozondi va chorak finalga chiqdi. Shukurovning «Sharja»si penaltilar seriyasida yutqazib qo'ydi

 15 SENTYABR, 07:30 9

.

Osiyo Chempionlar Ligasining 1/8 finalidan o'rin olgan bir qator bahslar 14 sentyabr, seshanba kuni bo'lib o'tdi.

Saudiyaning «An-Nassr» klubi Eronning «Traktor» jamoasi bilan bahs yuritdi. 11-daqiqada Vinsent Abubakar tomonidan urilgan gol arablarni keyingi bosqichga olib chiqdi. Uchrashuvda «An-Nassr»da harakat qiladigan o'zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipov to'liq harakat qildi.

Otabek Shukurovning «Sharja»si BAA derbisida «Al-Vahda»ga qarshi bahs olib bordi. Penaltilar seriyasigacha borgan uchrashuvda poytaxtliklarning qo'li baland keldi. Otabek Shukurov to'liq harakat qildi va penaltilar seriyasida o'z imkoniyatidan unumli foydalandi.

Nimchorak final bahslari bir o'yindan iborat bo'lib, unda g'alaba qozongan klublar keyingi bosqichga yo'l oldi.

OChL, 1/8 final bahslari
12 sentyabr, seshanba

«An-Nassr» Saudiya Arabistoni — «Traktor» Eron 1:0
Gol: 1:0 – 11 Abubakar.

«Sharja» BAA — «Al-Vahda» BAA 1:1
Penaltilar seriyasi — 4:5
Gollar: 0:1 – 56 Umar Xrbin, 1:1 – 58 Bernard.

«Istiqlol» Tojikiston — «Persepolis» Eron 0:1
Gol: 0:1 – 90+1 Torabi.

«Ulsan Hyonde» Janubiy Koreya — «Kavasaki Frontale» Yaponiya 0:0
Penaltilar seriyasi — 3:2.

«Nagoya Grampus» Yaponiya — «Tegu» Janubiy Koreya 4:2
Gollar: 0:1 – 4 Kesinya, 1:1 – 12 Shverchok, 1:2 – 28 Edger Silva, 2:2 – 63 Shverchok, 3:2 – 65 Shverchok, 4:2 – 79 Nakatani.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR