Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:17
KirishA'zo bo'lish
Alonso: "Yana Chempionlar ligasini yutish uchun kurashishga tayyormiz"

 14 SENTYABR, 22:50 8

.

"Chelsi" chap qanot himoyachisi Markos Alonso jamoasining Chempionlar Ligasidagi bo'lajak
uchrashuvi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. "Chelsi" bugun tunda Chempionlar ligasi guruh
bosqichining birinchi o'yinini o'tkazadi. "Ko'klar"ning raqibi Peterburgning "Zenit" klubi bo'ladi.

"Hamma amaldagi chempionga juda kuchli talabda bo'ladi. Lekin biz nimaga qodir ekanligimizni
bilamiz. Biz qattiq mashq qilishimiz kerak. Yana Chempionlar ligasini yutish uchun kurashishga
tayyormiz", - deya Alonsoning so'zlarini keltiradi" Chelsi "matbuot xizmati.


"Chelsi" - "Zenit" uchrashuvi "Stemford Brij" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti
bilan 00:00da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR