logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:43
KirishA'zo bo'lish
Honda Litvaning «Suduva» futbolchisiga aylandi

 14 SENTYABR, 21:35 7

.

TsSKA va Yaponiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Keysuke Honda Litvaning «Suduva» klubi bilan shartnoma imzoladi, deb xabar beradi klub matbuot xizmati.

Futbolchi Litva jamoasiga erkin agent sifatida qo'shilgan. Uning shartnomasi 2021 yil 31 dekabrgacha qadar tuzildi.

Eslatib o'tamiz, Honda 2010 yildan 2014 yilgacha TsSKA o'yinchisi bo'lgan. Bu vaqt ichida u 127 ta o'yinda maydonga tushib, 28 ta gol urgan va 29 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U Evropada «Milan» dagi o'yinlari bilan ham tanilgan.

Shuningdek, u Yaponiya terma jamoasi safida 98 ta o'yinda maydonga tushgan.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR