logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:08
KirishA'zo bo'lish
Osiyo chempionatining navbatdagi kuni ham sermahsul o'tdi

 14 SENTYABR, 21:10 4

.

Qozog'istonning Chimkent shahrida o'q otish sporti bo'yicha Osiyo chempionatining ortda qolgan navbatdagi kuni ham terma jamoamiz uchun sermahsul yakunlandi. Unda vakillarimiz 7 ta medal qo'lga kiritishdi.

Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan vakillarimiz Vadim Skorovarov (Rio-2016) va Muxtasar Tohirova (Tokio-2020) pnevmatik miltiqdan otish bo'yicha mikst dasturida kumush medalga sazovor bo'lishdi.

Ushbu yo'nalishda yoshlar toifasida kechgan dasturda Aleksandra Davidova hamda Oybek Asilov tandemining g'alabasi sharafiga vatanimiz madhiyasi yangradi. Shuningdek, quyidagi yo'nalishlarda ham vakillarimiz sovrindorlar qatoridan joy olishdi:

Kumush:
Pnevmatik to'pponchadan otish jamoaviy: Muhammad Kamolov, Umidbek Kamolbekov, Veniamin Nikitin.
Harakatdagi nishon: Ayollar o'rtasida jamoaviy, o'smirlar va yoshlar.

Bronza:
Harakatdagi nishon: Erkaklar o'rtasida jamoaviy.

Shu tariqa ushbu musobaqada qo'lga kiritgan medallarimiz 3 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronzani tashkil etmoqda. Bugun yana bir qator yo'nalishlarda vakillarimiz medallar uchun kurash olib borishadi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR