Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:21
KirishA'zo bo'lish
Yosh chim ustida xokkeychilarimiz pokistonlik tengqurlari bilan bellashishdi

 14 SENTYABR, 21:00 7

.

Chim ustida xokkey yurtimizda tobora ommalashib borayotgan sport turlaridan biri hisoblanadi.

Bu borada dunyoning etakchi jamoalari bilan tashkil qilinayotgan o'rtoqlik uchrashuvlari yoshlarimizning tajriba orttirishlarida katta turtki bo'lmoqda.

Shu kunlarda yurtimizda Pokiston sport va ta'lim qo'mitalarining mutasaddilari yurtimizda mehmon bo'lib turishibdi. Ular bilan birga ushbu mamlakatning yosh sportchilari ham O'zbekistonga tashrif buyurgan.

Safar davomida Andijon viloyatidagi chim ustida xokkey maydonida ikki mamlakat yoshlari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etildi.

Ularning birida yoshlarimiz 4:3 hisobida ustun kelishgan bo'lsa, yana birida mehmonlarning qo'li baland keldi. Sport tilida aytganda, umumiy hisobda esa do'stlik g'alaba qozondi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR