logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:11
KirishA'zo bo'lish
Totti Mourino haqida: "U jamoaga titul yutishda yordam beradi"

 14 SENTYABR, 20:15 7

.

"Roma" sobiq sardori Franchesko Totti "bo'rilar" bosh murabbiy Joze Mourino haqida gapirdi.
Uning fikricha, jamoa portugaliyalik mutaxassis qo'l ostida ancha o'sishga erishgan.


"Mavsum endi boshlandi. "Roma" va "Napoli" o'tgan mavsumga qaraganda juda yaxshi o'yin namoyish etmoqda. A Seriyada biror bir jamoaning chempionligini taxmin qilib bo'lmaydi. Lekin, to'rtta, yoki beshta jamoa Skuddetto uchun kurashda favorit.

Joze "Roma"ning yutug'i. U moslashuvchan murabbiy va klubga titul yutishda yordam berishiga ishonish mumkin. Shubhasiz, u jamoa uchun ajoyib xarakter va motivator.

 Mourino har doim maydonda ham, o'yindan tashqari jamoani boshqarishda ham qo'shimcha ko'p mutaxassislardan ustun. U menda juda ko'p yaxshi taassurot qoldirmoqda",- deya Totti so'zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport nashri.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR