logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:57
KirishA'zo bo'lish
Aleksandr Xomyakov: «Bugun yigitlar haqiqiy xarakter ko'rsatishdi»

 14 SENTYABR, 20:10 8

.

Coca Cola Superligasi 18-tur doirasidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” - “Mash'al”  uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

"Juda qiziqarli o'yin bo'ldi. Kurashlarga boy bahsning guvohiga aylandik. Aslida shunday bo'lishini oldindan bilgandik. Har ikki golni standart vaziyatdan keyin kiritdik.

Bugun yigitlar haqiqiy xarakter ko'rsatishdi. Shuning hisobiga bugun durangga erishdik. Afsuski, oldingi bahsda kutilmaganda o'z maydonimizda mag'lubiyatga uchradik.

Bugungi uchrashuvda asosan standart vaziyatlardan unumli foydalanishni uylagandik. O'yinning qiymati baland edi.

Bugun biz raqibga nisbatan ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ldik, deb o'ylayman. Takror aytaman, o'yin juda qiziqarli bo'ldi.

Kuchliroq jamoalarga qarshi yaxshi to'p surishimizning sababi, bunday jamoalarga qarshi o'yinga ruhan tayyorlash osonroq. Bundan tashqari, himoyaviy taktika tanlash mumkin.

Abduraimov va Murtazoevning ketishi hujumdagi muammmolarni keltirib chiqardi. Shuning uchun hujumda ko'proq rokirovakani amalga oshiryapmiz.

Oldinda bizni juda qiyin bo'lgan o'yin kutib turibdi. Baqoev ancha kuchli jamoani shakllantirdi", — dedi Xomyakov.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR