logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:46
KirishA'zo bo'lish
«Vest Xem» iste'dodli futbolchisiga narx belgiladi

 14 SENTYABR, 20:05 8

.

Londonning «Vest Xem» klubi rahbariyati jamoa yarimhimoyachisi Deklan Raysning tovon pulini ma'lum qildi.

Klub futbolchini qancha miqdorda qo'yib yuborishga tayyorligi haqida bir qarorga keldi deb xabar beradi Football London.

Manbaga ko'ra, London klubi Deklan bilan 100 million funt (taxminan 117,5 million evro) evaziga xayrlashishga tayyor.

Avvalroq, Raysga asosiy da'vogarlar «Manchester Yunayted» va «Chelsi» ekani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek futbolchiga «Manchester Siti» ham befarq emas.

Eslatib o'tamiz, Rays «Vest Xem» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

U 2017 London klubidagi debyutini 2017 yilda amalga oshirgan edi.

Ma'lumot uchun, joriy mavsum Rays Premer-ligada to'rtta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR