logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:16
KirishA'zo bo'lish
Ronaldu: "MYu"ga qaytishimga ikkita sabab bor

 14 SENTYABR, 19:50 10

.

Britaniyaning «The Sun» nashri portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning "Nyukasl"ga qarshi bahs oldidan jamoaning kiyinish xonasida aytgan so'zlarini bayon qildi.

«Men "MYu"ga qaytishimda ikkita sababni keltirishim mumkin.

Birinchidan, mening "Manchester Yunayted"ga bo'lgan mehrim juda kuchli. Men o'z yoshligim o'tgan sobiq klubimni juda yaxshi ko'raman.

Ikkinchidan, men bu klubga xos bo'lgan g'oliblik mentalitetini qadrlayman. Agar siz bu erda muvaffaqiyatli o'ynashni xohlasangiz, bu klub emblemasini sevishingiz kerak. Siz jamoaga 100% joningizni berib harakat qilishingiz lozim.

Men bu erga faqat g'alaba qozonish uchun kelganman. Bu menga omad olib kelishiga ishonaman», - deydi 36 yoshli futbolchi o'z intervyusida.

Eslatib o'tamiz, "Nyukasl" bilan o'yin "MYu"ning 4:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Bahsda KriRo dubl qayd etdi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR