Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:33
KirishA'zo bo'lish
Zlatan "Liverpul"ga qarshi bahsda ishtirok etadimi?

 14 SENTYABR, 19:40 5

.

«Milan» hujumchisi Zlatan Ibragimovich eski jarohatidan hali to'la forig' bo'lmagan va tiklanishda davom etmoqda.

Faxriy futbolchi Chempionlar ligasi guruh bosqichining birinchi turidan o'rin olgan «Liverpul" bilan bahsni o'tkazib yuborishi kutilmoqda. Bu haqda Sky Sport Italia xabar beradi.

Manbaga ko'ra, futbolchi tovoni bilan bog'liq muammoga duch kelgan va turnirning ochilish o'yinida jamoasiga yordam bera olmaydi.

Eslatib o'tamiz, oxirgi marta Ibra may oyidan buyon ilk marta shanba kuni maydonga tushgan edi.

O'tgan mavsumda Ibragimovich A Seriyada 19 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 2 golga aniq uzatma berdi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR