Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:35
KirishA'zo bo'lish
Superliga. 18-tur. «Nasaf» – «Qizilqum» (prevyu)

 14 SENTYABR, 14:10 10

.

«Nasaf» Superliganing 18-turida Navoiyning «Qizilqum» jamoasini qabul qiladi. «Nasaf» – «Qizilqum» uchrashuvi 16-sentyabr kuni Qarshi shahridagi «Markaziy» stadionda bo'lib o'tadi. Bellashuv soat 19:00 da boshlanadi.

Jamolar turnir jadvalida ham bir-birilari bilan yonma-yon ketishmoqda. «Ajdarlar» 27 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining 5 pog'onasini band etib turishgan bo'lsa, navoiyliklar 1 ochko farqi bilan 6 o'rinni egallab turishibdi.

O'zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar O'zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 45 bor kuch sinashishgan. Bo'lib o'tgan 27 uchrashuvda vakillarimiz, 7 o'yinda esa navoiyliklar zafar quchishgan. 11 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.

To'plar nisbati 84:46 ga teng. Ustunlik «ajdarlar» tomonida.

O'zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: «Nasaf» – «Qizilqum» 7:1, «Qizilqum» – «Nasaf» 3:1.

Jamoalar so'nggi o'zaro uchrashuvni 2021 yili 10 aprel kuni Navoiyda o'tkazgan. «Ajdarlar» mehmonda 1:2 hisobida g'alaba qozonishgan.

E'tiboringizga, jamoalar ishtirokidagi so'nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:

10.04.2021. Qizilqum  –  Nasaf - 1:2
10.09.2020. Nasaf  –  Qizilqum - 4:0
01.03.2020. Qizilqum —  Nasaf - 1:3
14.09.2019. Qizilqum — Nasaf - 0:0
10.05.2019. Nasaf — Qizilqum - 1:1

15 sentyabr U-21 birinchiligi doirasida ikkala jamoaning yoshlari ham kuch sinashishadi. Uchrashuv soat 17:00 “Mehnatchi” stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR