Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:24
KirishA'zo bo'lish
"Yuventus" hamon fikridan qaytmagan

 8 SENTYABR, 16:40 4

.

Turinning "Yuventus" klubi "Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlahovichni sotib olish fikridan qaytmoqchi emas.

Yozgi mavsumlar oralig'ida serbiyalik hujumchi "Atletiko", "Tottenxem" va "Borussiya D" klubilaridan biriga o'tishi mumkin edi, lekin "binafsharanglilar" barcha takliflarni rad etishdi.

Tuttosport nashri xabariga ko'ra, byankonerilar Vlahovichni kelasi yoz sotib olish uchun mablag' ajratishga tayyor. Futbolchining shartnomasi 2023 yilda tugashini hisobga olsak, "Fiorentina"
so'ralgan summani 60 million evrodan kamaytirishi kerak.

Qayd etilishicha, "Yuventus" rahbaryati Vlahovichning transferi masalasini yaqin vaqt ichida boshlashga tayyor.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR