logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:34
KirishA'zo bo'lish
"MYu" Olmo uchun "Barsa" bilan kurash olib boradi

 14 SENTYABR, 08:55 9

.

"Leyptsig"ning ispaniyalik futbolchisi Dani Olmo ehtimol kelasi mavsum jamoasini o'zgartirishi mumkin. Ispaniya terma jamoasi futbolchisiga Evropaning etakchi klublari qiziqish bildirmoqda.
Oldinroq, "Barselona" "Bavariya" va "Yuventus"ni ortda qoldirib, futbolchining agentlari bilan aloqa o'rnatgani haqida xabar berilgandi. Mish-mishlarga qaraganda, ispaniyalik yarimhimoyachi uchun 70 million evro to'lashga tayyor. Biroq, "Manchester Yunayted" kutilmaganda kataloniyaliklardan kattaroq summa taklif qilib, Olmo uchun kurashga qo'shildi, deb xabar beradi Britaniyaning The Mirror nashri.


Eslatib o'tamiz, "Leyptsig" 2020 yil qishda Zagrebning "Dinamo" klubidan 22 million evro evaziga Danini sotib olgandi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR