Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:37
KirishA'zo bo'lish
Ronaldu "MYu" muxlislariga minnatdorchilik bildirdi

 14 SENTYABR, 08:30 14

.

36 yoshli portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Angliya chempionatining 4-turidagi "Nyukasl Yunayted" bilan o'yinda (4:1) "Old Trafford"da mankunianlik muxlislarga samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi.


"Bizda Chempionlar Ligasi o'yinidan oldin kayfiyat yaxshi hukumron. Biz yaxshi kayfiyatni saqlash uchun qo'limizdan kelganini qilamiz! Lekin, men muxlislarimizga meni va "Old Trafford"dagi yigitlarni ajoyib kutib olishgani uchun minnatdorchilik bildirmay ilojim yo'q. Bu ajoyib muhit bizning ishimizni biroz osonlashtiradi" - deya Ronaldu Instagramda post qoldirdi.


Eslatib o'tamiz, bugun, 14 sentyabr, seshanba kuni "Manchester Yunayted" Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvini Shveytsariyaning "Yang Boyz" jamoasi bilan o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR