logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:02
KirishA'zo bo'lish
EChL. «Barselona» «Bavariya»ga, Pedri Musialaga qarshi kechadigan bahs

 14 SENTYABR, 07:20 10

.

Bugun Evropa chempionlar ligasining guruh bosqichiga start beriladi. Ilk tur doirasida «Barselona» o'z maydonida «Bavariya»ni qabul qiladi. Bu ikki jamoa safida 18 yoshli yuksak iqtidor sohiblari bor — Pedri va Musiala.

Musiala «Bavariya»ning bosh jamoasi safidan muqim joy egallashga ulgurdi. O'tgan mavsumda futbolchiga o'zini ko'rsatish imkoniyati berildi va Musiala bundan unumli foydalandi: 32 o'yinda 9 gol. Jamol ushbu mavsumda ham yangi bosh murabbiy Yulian Nagelsmannga o'zining foydali o'yinchi ekanini isbotlamoqda: 6ta o'yinda 4ta gol. Yosh Musiala «Leyptsig»ga qarshi so'nggi uchrashuvda bitta gol va bitta assist muallifiga aylandi.

Pedri o'tgan mavsumdayoq barchani o'ziga qarata oldi. Ronald Kuman uni naq 52ta o'yinda maydonga tushirgan bo'lsa, futbolchi 4ta gol va 6ta assist muallifiga aylandi. Bundan tashqari, 18 yoshli futbolchi yozda Evropa chempionati va Olimpiadada ishtirok etdi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR