Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:01
KirishA'zo bo'lish
Tuxel: «Ertaga Chempionlar ligasidagi eng muhim uchrashuvimiz»

 13 SENTYABR, 22:00 6

.

«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan «Zenit»ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Ertaga bizning Chempionlar Ligasidagi eng muhim uchrashuvimiz.

Lukaku aytganidek, u 11 yoshidan «Stemford Brij» da gol urishni orzu qilgan? Biz undan shaxsan so'rashimiz kerak. U hujumning boshida bizning «to'qqizlik» bo'lishga va jamoaga gollar bilan yordam berish imkoniyatga ega. Bu unga kerak, u bu haqda gapirishdan tortinmaydi va biz bu tajribani u bilan bo'lishishimiz mumkinligidan xursandmiz. U yaxshi inson va kuchli yigit. Hammamiz bilamizki, hujumchi uchun gollar hisobini ochib olish muhim. Lukaku tez gol urganidan xursandmiz va ertaga u gol urishda davom etadi va biz uchun hal qiluvchi rol o'ynaydi, deb umid qilamiz.

Kristensen biz bilan mashg'ulot o'tkazmadi, u terma jamoadan qaytganidan so'ng 10 kunga tanaffus oldi. Kante ikkita mashg'ulot o'tkazdi, lekin u hali to'liq tiklanmagan, shuning uchun biz tavakkal qilmaslikka va mashg'ulotlardan keyin unga bir kunlik dam berishga qaror qildik. U payshanba kuni «Tottenxem»ga qarshi o'yindan oldin tarkibga qaytadi», – deydi Tuxel.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR