logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:41
KirishA'zo bo'lish
«Yuventus» «Real» himoyachisiga qiziqmoqda

 13 SENTYABR, 21:20 7

.

«Real» himoyachisi Ferlan Mendi Madrid klubini tark etib, Italiya chempionatiga o'tishi mumkin, deb xabar beradi Goal. Manbaga ko'ra, «Yuventus» futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, «Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Mendini qo'yib yuborishga rozi bo'lishi mumkin, chunki u himoyaning chap tomonida Manu Guterresni afzal ko'radi. Frantsuzning «qaymoqranglilar» bilan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar hisoblangan.

Eslatib o'tamiz, Mendi 2019 yilda «Lion» dan 48 million evroga «Real» futbolchisiga aylangandi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR