logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:42
KirishA'zo bo'lish
"Chelsi" "Inter"ning ikki futbolchisini sotib olmoqchi

 13 SENTYABR, 19:20 8

.

"Chelsi" "Inter" himoyachilari Milan Shkrinyar va Alessandro Bastoniga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Mediaset nashri. Manbaga ko'ra, o'tgan mavsum Milan klubida o'ynagan Romelu Lukaku mazkur futbolchilarni London klubiga sotib olishni tavsiya qilgan.

 "Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel yozda "ko'klar" "Sevilya" himoyachisi Jyul Kundeni sotib ololmagani uchun himoya chizig'ini kuchaytirish niyatida. Keyingi transfer oynasida londonliklar uchun ustuvor variant aynan milanlik himoyachilar bo'ladi.


Eslatib o'tamiz, Shkrinyar va Bastoni 2017 yilda "Inter" futbolchilariga aylanishdi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR