logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:02
KirishA'zo bo'lish
Chempionlar Ligasini Messisiz ham yutish mumkin – Buskets

 13 SENTYABR, 18:00 8

.

"Barselona" futbolchisi Serxio Buskets Lionel Messining ketishi haqida gapirdi.

"Messining ketishi barcha uchun shok bo'ldi. Leo "Barselona"ga va shaxsan menga ko'p narsa berdi. Bularni hazm qilish qiyin bo'ldi. Ammo, endilikda Messisiz o'yinga ko'nikish kerak.

"Barselona" Leosiz Chempionlar Ligasini yuta oladimi ? Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. O'tgan mavsum favorit bo'lmagan bo'lsa ham, "Chelsi" Chempionlar Ligasini qo'lga kiritdi.

Bizda endilikda Messining individual sifatlari yo'q. Biz qiyinchilikni sezamiz, ammo bizning maqsadlarimiz yuqori va g'alaba qozonishni xohlaymiz", – deydi Buskets intervyusida.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR