Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:54
KirishA'zo bo'lish
Breytueyt operatsiya qilinadi

 13 SENTYABR, 17:50 9

.

«Barselona» rasmiy sayti sahifalarida hujumchi Martin Breytueytning holati haqida ma'lumot e'lon qilindi.

Uning chap oyog'idagi jarohatiga oddiy davolash yordam bermadi. Shuning uchun yaqinda daniyalik operatsiya qilinadi. Jarayondan so'ng Kataloniya klubi yangilangan ma'lumotlarni taqdim etishni va'da qilmoqda.

2021/2022 yilgi mavsumda Martin «Barselona» tarkibida uchta o'yin o'tkazdi. Ularda hujumchi ikkita gol va bitta golli uzatma muallifi bo'lgan.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR