Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:35
KirishA'zo bo'lish
"Portu" etakchisi "Yuventus" e'tiboriga tushagan

 13 SENTYABR, 16:35 11

.

Calciomercato nashri xabariga ko'ra, "Portu" yarimhimoyachisi Luis Dias "Yuventus"ning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylandi.

Manbaning xabariga ko'ra, Italiya grandi qanotlarni mustahkamlashga qaror qilgan. Shuning uchun chap qanot himoyachisini taklif qilishni maqsad qilgan. "Byankonerilar" skautlari 24 yoshli kolumbiyalik futbolchining Portugaliya chempioonatidagi o'yinlarini kuzatib bormoqda.

Qayd etilishicha, "Yuve" rahbariyati yanvar oyida Diasning potentsial transferini muhokama qilish niyatida, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda, ular mavsum oxirigacha kutishga tayyor. Luisning amaldagi shartnomasi 2024 yilda tugaydi va uning transferi 25 million evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR