logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:47
KirishA'zo bo'lish
Mutaxassislar Ronalduning o'yinining ikki jihatiga e'tibor qaratishgan

 13 SENTYABR, 16:00 11

.

Krishtianu Ronaldu “Old Trafford”dagi qaytish o'yinida nisbatan oddiy gollar urgan bo'lsa-da, uning o'yinidagi ikki jihatga mutaxassislar alohida e'tirof qaratishgan.

Birinchisi, Ronaldu yaqqol markaziy hujumchi sifatida harakat qilgan bo'lsa-da, pozitsion hujumlarda aksariyat hujumchilar kabi, jarima maydonida uzatmani kutmayapti. Ko'p hollarda u orqaga yoki qanotga o'tib, sheriklari bilan qisqa masofaga to'p oshirishib, keyin ichkariga yugurmoqda. Bunday uslubning foydasi shundaki, so'nggi pallada jarima maydoniga kirib borayotgan hujumchini ta'qib qilish qiyin bo'ladi va ko'p hollarda Ronaldu kerakli nuqtalarga ta'qibsiz etib borgan. Agar markaziy himoyachilar bilan birga uzatmani kutib tursa, uni qo'riqlash osonroq bo'ladi.


Ikkinchisi, buni ancha oldin u bilan birga to'p surgan futbolchilar ham e'tirof etishdi – “Ronaldu juda aqlli futbolchi, ko'pincha, u maydonda himoyachilarni o'rganadi. Agar chap qanotdagi himoyachi abjir bo'lsa, o'ng qanotga o'tib, harakat qilib ko'radi, u erdayam “non bo'lmasa”, raqibning o'ng-markaziy himoyachisini sinab ko'radi. O'yin davomida u albatta raqibning eng ojiz himoyachisini topadi”.

“Nyukasl”ga qarshi o'yinda qurbon Ayzek Xayden bo'ldi. Aslida tayanch yarimhimoyachisi bo'lgan futbolchi “Nyukasl” 5 himoyachi sxemasiga o'tgani uchun uch markaziy himoyachidan biri bo'ldi va Ronaldu har ikki golini ham aynan Xaydenni ortda qoldirib urdi. 26 yoshli Ayzek o'sha kuni maydonda harakat qilgan futbolchilar ichida eng past (4.6) baho oldi.

Aytishlaricha, aynan Xaydenga bostirish kerakligini Ronalduga Sulsher maslahat bergan. Birinchi taym oxirlariga borib, murabbiy Ronalduga qarata, Xaydenga qarshi o'ynashga urinib ko'rinishi kerakligi haqida baqirgan.

Qahramon Aslanov

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR