Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:18
KirishA'zo bo'lish
Del Pero "Yuventus"ning muammosi nima ekanligini aytdi

 13 SENTYABR, 15:35 10

.

"Yuventus"ning sobiq hujumchisi Alessandro del Pero jamoaning yangi mavsumdagi
muvaffaqiyatsiz starti haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Sobiq hujumchi jamoaning muammolaridan hayron qolganini tan oldi. Turinliklar uch turda atigi bir ochko jamg'arishdi.


"Yuventus"ning bunday boshlanishi meni hayron qoldirdi, lekin "Napoli"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat sabab bunday qarorga kelmadim. Menimcha, bunga ko'p sabablar bor. Hamma oxirgi lahzada jamoadan ketgan Krishtianu Ronaldu haqida gapirmoqda. Lekin, undan boshqa ko'p sabablar ham bor.

Allegri kelishi bilan "Yuventus"ga eski o'yinni qaytarish uchun harakat qilmoqda. "Napoli" esa Spaletti bilan bir qadam oldinga qadam tashladi.

Albatta, futbolchilar qanday vaziyatga tushib qolganini tushunishadi. Tajribali futbolchilar asosiy rolni bajarishi kerak. Oldin nima bo'lganini, jamoani kim tark etganini unutish juda muhim", - deya del Peroning so'zlarini keltiradi Football Italia nashri.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR