Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:33
KirishA'zo bo'lish
Mourino: "Men yolg'on gapirgandim"

 13 SENTYABR, 10:35 12

.

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino Italiya A Seriyasining 3-tur uchrashuvida "Sassuolo" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1), o'yin haqidagi fikrlari o'rtoqlashdi. Bu uchrashuv portugaliyalik mutaxassisning professional murabbiylik faoliyatidagi 1000-uchrashuvi bo'ldi.

"Bu hafta men o'zimga yolg'on gapirdim, atrofdagilarga mazkur o'yin men uchun alohida uchrashuv emasligini aytdim. Men o'zimni ishontirmoqchi bo'ldim, lekin bu alohida o'yin edi. Ushbu bahs kareramdagi 1000-o'yinim bo'ldi. Men uchrashuvda mag'lub bo'lishimiz mumkinligidan xavotirda edim.

Natijada, uchrashuv aql bovar qilmas darajada bo'lib chiqdi. Hisob 6:6 yoki 7:7 bo'lishi, hatto "Sassuolo" 2:1 hisobida g'alaba qozonishi ham mumkin edi. Rui Patrisio bir nechta ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. Bizda ham ikkita 100% imkoniyat bo'ldi, ammo futbolchilarimiz vaziyatdan foydalana olmadi. Bugun mutlaqo g'ayrioddiy uchrashuv bo'ldi.

Men ayni paytda 58 yoshda emasman. Men o'zimni 10, 12 yoki 14 yoshdali xayolparast kabi his qilardim. Shundan so'ng men "Sassuolo" ustozi Alessio Dionisidan bilan gaplashib,
fantastik o'yin bo'lganligini aytdim", - Mourinoning so'zlarini keltiradi Football Italia nashri.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR