logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:35
KirishA'zo bo'lish
O'zbekiston U-23 bilan saralashga Kapadze boradi. Shu sabab Pro ligada kichik o'zgarish

 7 SENTYABR, 11:20 3

.

U-23 Osiyo chempionatiga kelasi yil O'zbekiston mezbonlik qiladi. Shunga qaramay, vakillarimiz baribir Kuvaytdagi saralash turnirida ishtirok etadi. Natija qanday bo'lishidan qat'iy nazar, jamoamiz musobaqaning final bosqichida o'ynaydi.

O'zPFL musobaqalar taqvimini ishlab chiqqan bir vaqtda Osiyo chempionati U-23 saralashiga hali qur'a tashlanmagan, shuningdek, O'FA musobaqada qaysi jamoa ishtirok etishi masalasiga to'la oydinlik kiritmagandi. Endilikda ma'lumki, “Olimpik” ustozi Temur Kapadze murabbiy sifatida U-23 Osiyo chempionati saralashida o'ynash uchun Kuvaytga boradi.

Ayni shu vaqtda Pro liga o'zining eng qiziqarli pallasiga kirgan bo'ladi. Ya'ni, Superliga uchun kurash olib borayotgan jamoalarda bu hal qiluvchi palla. Yo'llanma uchun “Olimpik” jamoasida ham imkoniyat bor ekanidan kelib chiqilsa, demak bir xillikni saqlash uchun Kapadze va jamoa Kuvaytga yo'l olgan bir vaqtda, qolgan jamoalar ham tanaffusga chiqishiga to'g'ri keladi.

Shundan kelib chiqib, O'zPFL avvalgi reja bo'yicha 12 sentyabr kuni Pro liga I bosqichining so'nggi turini o'tkazadi va aytilganidek, 13 sentyabr kuni II bosqichga qur'a tashlab beriladi. Kapadze boshqaruvidagi terma jamoa 27-31 oktyabr kunlari Kuvaytga rasmiy o'yinlar o'tkazadi. Unga qadar va shundan keyin bo'lgan turlar O'zPFL taqvim rejasida ko'rsatib o'tilgan.

Bunda yana ikki jihatga ahamiyat berish kerak. Ma'lumki, “Olimpik” O'zbekiston Coca-cola kubogining ¼ final bosqichida “Paxtakor” bilan o'ynashi kerak. Mazkur o'yinlar avvaldan 28-29 oktyabr sanalariga tayin qilingandi. Ammo vaziyat bunda ham sanalarni o'zgartirishni taqazo qiladi. Shundan kelib chiqib, Coca-cola Superliga 23-turidan o'rin olgan “So'g'diyona” — “Paxtakor” o'yini 24 oktyabrga, kubok doirasidagi “Olimpik” — “Paxtakor” o'yini esa 20 oktyabrga ko'chirildi.

Ikkinchi tarafdan, Kapadze jamoasida katta ehtimol bilan “Sho'rtan”, “Xorazm”, “Aral samali”, “Yangier” klublaridan futbolchilar bo'lmaydi. Buni inobatga olib, Pro ligadagi quyi to'rt o'rin jamoalari ishtirokidagi uchrashuvlar noyabr oyigacha yakunlanadi. O'zPFL taqvim rejasi bilan shu havola yordamida tanishish mumkin.

 

   

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR