Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:34
KirishA'zo bo'lish
O'zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro'ziboev braziliyalik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratib, chempionlik kamariga ega chiqdi (video)

 13 SENTYABR, 07:30 12

.

Rossiyaning Moskva shahrida 12 sentyabr kuni Open FC 10 musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda bir qator o'zbekistonlik yakkakurashchilar o'z ishtirokini o'tkazdi.

O'rta vazn toifasida harakat qiladigan o'zbekistonlik jangchi Nursulton Ro'ziboev chempionlik kamari uchun Braziliya vakili Aleks de Pauloga qarshi bahs olib bordi. Nursulton birinchi raundda parter holatida raqibiga zarbalar seriyasini amalga oshirdi, hakam jangni to'xtatdi va texnik nokaut qayd etdi.

Shu tariqa, Ro'ziboev o'rta vazn toifasida Open FC promoushenining chempionlik kamariga ega chiqdi.

Yana bir o'zbekistonlik yakkakurashchi Mashrabjon Ro'ziboev rossiyalik Aleksandr Jarkovni 1-raundning 18-soniyasidayoq nokautga uchratdi. Rahmatullo Sattorov esa Rossiya vakili Ilya Bochkovga yutqazib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR