logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:40
KirishA'zo bo'lish
Ilhom Mo'minjonov: «Ochko yig'ishda davom etamiz»

 13 SENTYABR, 07:20 8

.

"Neftchi" bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov Pro liga doirasida "Buxoro"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

"Bugungi qozonilgan g'alaba bilan futbolchilarni hamda muxlislarimizni tabriklayman. Aytib o'tish lozim, bugungi o'yin ancha qiyin kechdi. Yigitlarimiz bugun yaxshi harakatlari bilan birga murabbiylar tomonidan qo'yilgan vazifa va ko'rsatmalarni uddalagan holda, chiroyli g'alabani qo'lga kiritib, ochkolar sonini oshirishga muvaffaq bo'lishdi. Birinchi bosqich bahslari yakuniga etdi. Endi, ertaga bo'lib o'tadigan qur'a tashlash marosimidan so'ng ikkinchi bosqich uchrashuvlariga tayyorgarlikni boshlab yuborib, ochkolar yig'ishda davom etamiz.

Doston Toshmatovga kelsak, u mahoratli o'yinchi. O'tgan yilgi mavsumda chiroyli o'yini va gollari bilan o'zini nimalarga qodir ekanligini isbotlab berdi. Bugun garchi o'yin oxirida tushgan bo'lsa ham, keyinchalik unga asta-sekin imkoniyat beramiz. Lekin, hozirgi kunda jamoamizda raqobat kuchli bo'lganligi tufayli, to'purarimiz Marko Obradovichni maydonga tushirmoqdamiz. Shuni evaziga Doston zaxira o'rindig'ida qolib ketmoqda. Lekin, qaytaraman, keyingi o'yinlarda unga albatta imkon berib, o'ynatishga harakat qilamiz.

U-18 yoshlar jamoamiz bugungi kunda birinchilikda peshqadamlik qilib kelmoqda. Jamoada iqtidorli yoshlar borligi bejizga emas. Oldimizga qo'yilgan vazifalarni uddalasak, yoshlarimizni ham o'yinlarga jalb qilamiz", - deydi Ilhom Mo'minjonov.

"Neftchi" matbuot xizmati

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR