logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:11
KirishA'zo bo'lish
A Seriya. «Roma» so'nggi daqiqalardagi gol evaziga g'alaba qozondi, Eldor Shomurodovdan golli uzatma (videosharh)

 13 SENTYABR, 06:20 9

.

Italiya chempionatining 3-turidan o'rin olgan bir qator uchrashuvlar 12 sentyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tdi.

«Roma» o'z maydonida «Sassuolo»ni qabul qildi. Uchrashuvning 37-daqiqasida Brayan Kristante «Roma»ning dastlabki golini urdi. 57-daqiqada Filip Jurichich hisobni tenglashtirdi.

Eldor Shomurodov 74-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtda Shomurodovning uzatmasidan keyin Stefan ash-Shaaraviy rimliklarning g'alaba to'pini kiritdi.

3-turdan keyin «Roma» klubi 9 ochko to'plagan holda «Milan» va «Napoli» bilan birga peshqadamlik qilmoqda.

A seriya. 3-tur
12 sentyabr, yakshanba
«Roma» — «Sassuolo» 2:1
Gollar: 1:0 – 37 Kristante, 1:1 – 57 Jurichich, 2:1 – 90+1 ash-Shaaravi.
«Roma»: Ruy Patrisiu, Karsdorp (Reynolds, 89), Manchini, Rojer, Vinya, Mxitaryan (ash-Shaaravi, 70), Veretu (Karles Peres, 74), Kristante, Pellegrini, Zaniolo (Shomurodov, 74), Abraham.
«Sassuolo»: Konsilyi, Tolyan, Kirikesh, Ferrari, Rojerio, Jurichich (Traore, 84), Lopes, Boga (Kiryakopulos, 89), Frattezi (Ayxan, 84), Berardi (Defrel, 77), Raspadori (Skamakka, 46).
Ogohlantirishlar: Kirikesh (36), Rojer (43), Kristante (66).

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR