logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:22
KirishA'zo bo'lish
Diyor Imomxo'jaev: "O'zbekiston futzalchilari baribir zo'r"

 12 SENTYABR, 23:20 8

.

PFL rahbari Diyor Imomxo'jaev Litvadagi futzal bo'yicha jahon chempionati 1-turidagi O'zbekiston terma jamoasi uchrashuvidan keyino'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'zbekiston futzalchilari baribir zo'r. Ular mundialga borish bilangina kifoyalanishmayapti, ular jahon chempionatida g'olib chiqishga intilishyapti. Shuning uchun ham ular zo'r.

Futbolda iroda va tajriba degan tushunchalar bor. Futzalchilarimiz irodasi o'yin 2:4 vaqtida ko'rindi va ular katta qiyinchilik bilan muvozanatni tiklashdi. Qolganiga esa ozgina tajriba etishmadi.

Shunday mag'lubiyatlar bo'ladiki, uni yaxshi kayfiyatda qabul qilasan. Kimgadir jiddiy e'tirozing bo'lmaydi. Bugun biz shunday mag'lubiyat bilan yuzlashdik. Shu temp va ishtiyoqda davom etishimiz kerak", deydi Imomxo'jaev o'z telegram kanalida.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR