Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:53
KirishA'zo bo'lish
Toma Lemarning so'ngi daqiqada kiritgan goli La-liga tarixidan joy oldi

 12 SENTYABR, 21:35 7

.

Madridning "Atletiko" klubi yarimhimoyachisi Toma Lemar "Espanol"ga qarshi 4-tur doirasidagi uchrashuvda raqib darvozasiga g'alaba golini kiritdi. Mazkur gol La-liga tarixidagi so'ngi daqiqalarda kiritilgan g'alaba goli sifatida tarixdan joy oldi, deb yozdi jurnalist Aleksis Martin-Tamayo tvitterdagi sahifasida.

G'alaba to'pi 98:55 daqiqada kiritildi. "Atletiko" esa safardan 2:1 hisobidagi irodali g'alabaga erishdi. Lemardning bu goli 2019/2020 yilgi mavsumda "Xetafe"ga qarshi uchrashuvning 98:41 daqiqasida "Levante" himoyachisi Kokening rekordini ortda qoldirdi.

 Ispaniya chempionatining yangi mavsumida Lemar 4 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Frantsiyalik yarimhimoyachi 2018 yildan buyon "Atletiko"da o'ynaydi, u "matraschilar" safiga "Monako"dan 72 million evroga ko'chib o'tgan.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR