Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:16
KirishA'zo bo'lish
Ronaldu: "Manchester Yunayted"ga o'tish - bu mening eng yaxshi qarorim"

 12 SENTYABR, 20:50 16

.

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "qizil iblislar"ga qaytishi haqida fikr bildirdi. Futbolchining fikricha, mankunianlar jamoasini tanlash sportchi qabul qilgan eng yaxshi qaror edi.

"Manchester Yunayted"ga o'tish - bu mening eng yaxshi qarorim. Men buni eng qulay vaqtda qildim. Men tarix yozmoqchiman, klubga yana muvaffaqiyat qozonishiga yordam berishni xohlardim. Ishonchim komilki, biz sovrinlar yutamiz", - deya Ronalduning so'zlarini keltiradi Telefoot nashri.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik bundan oldin 2003 yildan 2009 yilgacha "Manchester Yunayted"da o'ynagan va klub bilan mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni qo'lga kiritgan.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR