logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:42
KirishA'zo bo'lish
"Liverpul" ustozi jamoasi yanvar oyida duch keladigan muammolar haqida gapirdi

 12 SENTYABR, 16:20 9

.

"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp yanvar oyida Muhammad Saloh hamda Sadio Manelarsiz jamoa qanday o'ynashi haqida gapirdi. Klub hujumchilari 2022 yilning yanvar-fevral oyida bo'lib o'tadigan Afrika Millatlar ligasi musobaqasi uchun PLni tark etadi. Germaniyalik mutaxassis ushbu vaziyatga shunday fikr bildirdi:

"Biz buni bilardik. Biz bu muammo ustida ishlashimiz kerak va ishlaymiz ham. Qanday qilib, deysizmi?  Buni yanvar oyida guvohi bo'lasiz. Odamlar hozir bizga Sadio hamda Saloh darajasidagi yana ikkita hujumchi kerakligi haqida gapirmoqda. Bu echim bo'la olmaydi. Chunki biz bunday qila olmaymiz. Shunday ekan biz bu muammoni yanvar oyida o'ylab ko'ramiz. Lekin men Afrika chempionati qoldirilishini juda xohlar edim(kuladi)".

Eslatib o'tamiz, mersisaydliklar bugun APL 4 tur doirasida "Lids" mehmoni bo'lishadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:30da start oladi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR