logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:06
KirishA'zo bo'lish
Barkliga Chempionship klubidan taklif bo'lgan

 12 SENTYABR, 15:10 10

.

"Chelsi" pleymekeri Ross Barkli Chempionship vakili "Vest Brom"dan taklif olgan. "Telegraph" nashri bergan xabarga ko'ra, Barkli uchun "Vest Brom" ijara shartnomasi taklif etgan.

27 yoshli futbolchi "Everton"da porlaganidan beri o'zini yaxshi namoyish eta olmadi. U yozda "Chelsi"dan ketmadi va hozirda jamoa zahirasiga mixlanib qolgan. "Vest Brom" uni yozda olishi mumkin edi, ammo klubga Barklining 110 ming funt haftalik maoshi og'irlik qilgan.

U baribir Londonni tark etadi. Tuxel uni yanvar oyida sotib yuborishn o'ylamoqda. Nafaqat Barkli, balki tarkibning 10 ga yaqin futbolchisidan qutulish reja qilingan.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR