logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:36
KirishA'zo bo'lish
«Mash'al»da ikki nafar murabbiy ish boshladi

 8 SENTYABR, 16:25 3

.

Muborakning “Mash'al” klubida ikki nafar murabbiy ish boshlagani haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, Otajon Avezov “Mash'al U-21” jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.

U 1980 yil 25 dekabrda tavallud topgan. Futbolchilik faoliyati davomida “Mash'al”, “Buxoro” jamoalarida to'p tepgan. Birinchi murabbiyi Boris Serostanov.

Bundan tashqari, Eldor Isaboev endilikda “Mash'al” futbol akademiyasida darvozabonlar murabbiyi sifatida ish olib boradi.

Isaboev 1989 yil 24 aprelda tavallud topgan. Futbolchilik  faoliyati davomida “Mash'al”, “Neftchi”, "Xorazm", "Andijon", "Lokomotiv-2" jamoalari sharafini himoya qilgan. Birinchi murabbiyi Anvar Jabborov. Bunga qadar Eldor Isaboev “Yangier”da faoliyat olib borayotgandi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR