Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:36
KirishA'zo bo'lish
Venger "Arsenal"ga qaytishi mumkinmi? Mutaxassis javob berdi

 8 SENTYABR, 16:25 3

.

Premer-liganing yangi mavsumida Mikel Arteta boshchiligidagi "Arsenal" juda ham omadsiz  start oldi va turnirning dastlabki uchta uchrashuvida birorta ham ochko olmadi.

Angliya ommaviy axborot vositalari allaqachon Arsen Vengerning London klubiga qaytishi haqida gapira boshlashdi, ammo frantsuzning o'zi bu ma'lumotni rad etib, Arteta jamoasining istiqbollariga ishonishini aytdi.

"Men va "Arsenal" o'rtasidagi yo'l ancha oldin ayrilgan. Men Arteta qurayotgan jamoaga ishonaman. Yaqinkunlarda bu o'z mevasini berishni boshlaydi", deydi 71 yoshli Arsen Venger.

The Sun nashri xabariga ko'ra, "kanonirlar" rahbariyati ispaniyalik mutaxassisga ultimatum qo'ygan. Demak, Artetada ichki chempionatdagi vaziyatni to'g'irlash uchun uchta uchrashuv bor.

Eslatib o'tamiz, Arteta jamoasi keyingi uchrashuvini 11 sentyabr kuni "Norvich" ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR